“EKSPORT-IMPORT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBLARI” mavzusida amaliy seminar o'tkazildi.
SSP Namangan xududiy boshqarmasi tomonidan 5 fevral kuni “EKSPORT-IMPORT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBLARI” mavzusida amaliy seminar o'tkazildi.
Amaliy seminarni Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Q.Djamalov ochib berdi.
Unda 40 ortiq tadbirkorlik sub'ektlari, Rossiya Federatsiyasining “Solos” kompaniyasi va Isroil davlatidan tashrif burgan importyor korxonalar vakillari, viloyat bojxona boshqarmasi, viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi, Jaxon bankining viloyatdagi vakili, viloyat investitsiya va savdo boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda mahalliy eksportyor korxonalarga mahsulot va xizmatlar eksportini amalga oshirish tartiblari hamda qonunchilikda berilgan imtiyoz va profensiyalar to'g'risida ma'lumotlar yetkazilib, tushunchalar berildi.
Ishtirokchilar quyidagi mavzular bo'yicha o'z bilim va ko'nikmalarini oshirdilar:
- Import qilish: Import qilinayotgan mahsulotlarni rasmiylashtirish tartiblari;
- Eksport-import shartnomalarni banklarda ro'yxatga olish tartiblari;
- Eksport-import qilinayotgan mahsulot va xizmatlar uchun to'lanadigan soliq turlari va to'lovlarni amalga oshirish tartibi;
- Eksport va import qilinayotgan mahsulotlarni yetkazib berilishida mahalliy logistika xizmatlarining imtiyozlari.
Shuningdek, eksportga qiziqish bildirgan tadbirkorlik sub'ektlariga eksport faoliyatini qadamma-qadam amalga oshirish bosqichlari batafsil tushuntirib berildi.
07.02.2020
12:31