Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga oid
Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi Delegasiyasi ma'lum qilishicha, “Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi kelishuv” imzolangani va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishining o‘tish davri joriy yilning 1 fevralidan 31 dekabriga qadar (kelgusida uzaytirish ehtimoli ham mavjud) davom etishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu davr mobaynida:
- Buyuk Britaniyaga nisbatan ham boshqa a'zo davlatlar kabi Yevropa Ittifoqining normativ-huquqiy hujjatlari qo‘llaniladi;
- Buyuk Britaniya Bojxona ittifoqi va Yevropa Ittifoqining yagona bozorida ishtirok etishda davom etadi;
- London Yevropa Ittifoqining savdo siyosatiga rioya qilishi va Yevropa Ittifoqi bojxona tariflarini qo‘llashi kerak;
- tovarlarning kelib chiqishini aniqlashning kumulyativ tamoyili o‘zgarishsiz qolmoqda.
07.02.2020
15:51