11-13 fevral kunlari Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida bahorgi agrotexnikalari bo‘yicha seminar o‘tkaziladi
11-13 fevral kunlari Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturi va Rosssiya Federatsiyasining moliyaviy k`omagida amalga oshirilayotgan «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» hamkorlik loyihasi doirasida bahorgi Qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Seminar ikki blokdan iborat:
- Birinchi blok yerlarni sug‘orish sharoitlari, mineral o‘g‘itlar bilan boitish, kasallik va zararkunandalarga qarshi profilaktika choralari bo‘yicha nazariy salohiyatni shakllantirishga bag‘ishlanadi.
- Ikkinchi blokda ishtirokchilar mevali daraxtlarni kesishda amaliy ko‘nikmalarni o‘rganadilar va bordo aralashmasini tayyorlash qoidalari bilan tanishadilar.
Xususiy savdogarlar nafaqat qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bilan bog‘liq masalalarni, balki yangi bog‘ barpo etish, tuproqni hisobga olgan holda ko‘chatlar navlarini tanlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali sovuqlar va ularning ta'sirini yumshatish usullari to‘g‘risida ham muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Seminar haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: (97) 568-7505 Maksuda Muxsinbaeva
07.02.2020
17:37