Farg‘ona viloyatida “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi Farg‘ona filiali tomonidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash” mavzusida 22 soatlik o‘quv seminarlarini o‘tkazib kelmoqda.
Navbatdagi o‘quv seminari Farg‘ona viloyati Quva tumani Tibbiyot kollejida o‘tkazildi. O‘quv seminarining ikkinchi kunida “Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi” Farg‘ona filiali raxbari I.Ataismatov, Savdogarbank boshqaruvchisi Meliev Baxriddin, Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektor Karimov Egamberdi, Moliya bo‘limi mutaxassisi Qodirov Baxodir, Axoli bandlikka ko‘maklashish markazi bosh mutaxassis Abdukarimova Umidalar qatnashib seminar ishtirokchilariga tadbirkorlik soxasida yaratilayotgan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida tushuntirish berishdi.
O‘quv seminarida 63 nafar maxalliy tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi axoli vakillari qatnashdilar. Seminar ishtirokchilari soxaga oid savollarga javob oldilar.
Bu kabi o‘quv seminarlar 14 fevral'ga qadar davom etadi va Respublika bo‘ylab keng miqiyosda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
11.02.2020
14:30