2020 yilning 25-26 fevral kunlari 22-Xalqaro "Ta'lim va Mutaxassislik" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
2020 yilning 25-26 fevral kunlari Toshkent shaxridagi joylashgan Yoshlar ijod Saroyida 22-Xalqaro "Ta'lim va Mutaxassislik" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
O‘zbekistonda "Ta'lim va Mutaxassislik" ko‘rgazmasi 2005 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib, 2011 yildan buyon ushbu tadbir bir yilda ikki marotaba tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu ko‘rgazma respublika aholisini, birinchi navbatda yoshlarni oliy ma'lumot olish, kasbga yo‘naltirish va ishga joylashish imkoniyatlari to‘g‘risida xabardor qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ko‘rgazma dasturi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, maxorat darslari, taqdimotlar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Ko‘rgazmada ko‘plab maxalliy ta'lim muassasalari, shuningdek yoshlarni ish bilan ta'minlash agentliklari va konsalting kompaniyalar qatnashadilar.
Ta'kidlash joizki, o‘tgan yilgi ko‘rgazmada 40 dan ortiq yetakchi sanoat korxonalari ishtirok etgan bo‘lib, ular kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga talabgor kasblarga ishga joylashish uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etishgan.
Shuni ham e'tirof etish joizki, ushbu ko‘rgazma yoshlarni va respublikadagi o‘quv muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash va kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha eng ko‘p tashrif buyuradigan tadbirdir.
12.02.2020
15:25