Rossiya Federatsiyasiga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish istagida bo‘lgan eksporterlar e'tiboriga!
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2020 yilda Rossiya hududlariga yurtimizdan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish borasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi tarkibiga kiruvchi viloyatlariga meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish masalalari o‘rganib chiqilmoqda.
Shu munosabat bilan Rossiya hududlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha 2020 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlaridan o‘z tijorat takliflarini 2020 yil 20 fevralga qadar Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasining expo@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlarini so‘raymiz.
Tijorat taklifida eksportga yetkazib beriladigan har bir mahsulot turi bo‘yicha hajmi va dastlabki eksport uchun taklif etiladigan narxlarni ko‘rsatilishiga e'tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Mazkur masalada qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodimi A'zamov Sardorga +99878 150-60-06 (ichki raqam 18-51) telefon orqali bog‘lanish mumkin.
13.02.2020
19:51