Farg‘ona viloyatida “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyat Savdo-sanoat palatasi xududiy boshqarmasi, Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi Farg‘ona filiali tomonidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining kafolatlarini kuchaytirish,tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash”mavzusida 22 soatlik o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Navbatdagi o‘quv seminari 17 fevral' kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shaxar Yengil sanoat kollejida bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarining birinchi kunida “Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi” Farg‘ona filiali raxbari I.Ataismatov, Iqtisodiyot bulimi mutaxassisi E.Raxmonov, Marg‘ilon shaxar DXM yetakchi mutaxassisi Sh.Abduraxmonov qatnashib seminar ishtirokchilariga o‘zlarining soxalarida bo‘layotgan yangiliklarni ma'ruza qildilar. O‘quv seminarida 73 nafar maxalliy tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi axoli vakillari qatnashdilar. Seminar ishtirokchilari soxaga oid savollarga javob oldilar. O‘quv seminari 5 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, seminar yakunida qatnashchilarga sertifikatlar berilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘quv seminarlari Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
17.02.2020
15:27