O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida “V2V” formatidagi kooperatsiya uchrashuvi tashkil etilmoqda
2020 yil 18 fevral kuni soat 11:00 da Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Xalqaro biznes markazi”ning “Semurg” konferens-zalida O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida “В2В” formatidagi kooperatsiya uchrashuvi tashkil etiladi.
Tadbir davomida Vengriya davlatining AKT, qurilish va muhandislik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat va yengil sanoati va boshqa yo‘nalishlardagi o‘ttizdan ortiq yirik korxonalari xamda maxalliy tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ikki davlatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasini oshirish, O‘zbekiston va Vengriya davlatlarining tadbirkorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini o‘rnatish uchun sharoitlar yaratish, investision loyixalarni amalga oshirish, qo‘shma korxonalarni tashkil etish xamda qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish deb belgilangan.
Tadbirda qatnashish istagini bildirganlar Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.
17.02.2020
18:23