TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
An'anaga muvofiq kecha Cavdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida viloyat hokimi ishtirokida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o'tkazildi.
Bu galgi qabulda ishtirok etish maqsadida hafta davomida 24 nafar tadbirkorlar ro'yxatga olindi. 20 nafar tadbirkorlar tomonidan ko'tarilgan muammo va masalalarga mas'ullar tomonidan qabulga qadar yechim topildi.
Ishbilarmon-tadbirkorlar Nargiza Ziyaeva, Shermuhammad Shamsiev, Xayrulla Mamasoliev va Sobir Odilovlarning murojaatlari qabulda tinglandi. Masalalar mas'ullar ishtirokida muhokama etildi. Murojaatlar yechimi yuzasidan zaruriy xulosalar qilindi. Bir haftalik muddat bilan murojaatlar ijrosi viloyat hokimligi va savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
18.02.2020
10:09