“Biznesni yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida o‘quv seminarlar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqib, Uchqo‘rg‘on tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning iqtisodiy savodxonligini oshirish maqsadida “Biznesni yaratish yo‘lidagi yetti qadam” o'quv seminar o'tkazildi.
Mazkur grafik asosida joriy yilning 12 fevral kuniga qadar tumandagi 16 ta mahallalarda seminarlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan seminarlarda Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi, Tadbirkorlik asoslariga o‘qitish respublika markazi viloyat filiali hamda “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi vakillari tomonidan tumandagi aholiga, avvalo mahallalar ehtiyojidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlikni tashkil etish, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, issiqxona, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, tikuvchilik va maishiy xizmat ko‘rsatish hamda hunarmandchilik faoliyat turlari, hunarmandlarga belgilangan imtiyozlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu seminarlarda jami 400 nafardan ziyod fuqaro va tadbirkorlik sub'yektlari vakillari ishtirok etib, seminar jarayonida mavzu doirasida o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflarini bildirdilar.
Jumladan:
- “Ozod” MFY xududidagi ayollar tomonidan ushbu hududda tashabbuskorlar tomonidan 1 ta tikuvchilik sexini tashkil etish orqali, ishsiz ayollarni ish bilan ta'minlanishini;
- “Sanoat” MFYda yashovchi fuqarolar esa tijorat banklari tomonidan berilayotgan mikrokreditlarni tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun, faqat maxsulot xom-ashyolarini sotib olishda naqd pul ko‘rinishida berishni yo‘lga qo‘yish takliflarini bildirdilar.
Shuningdek, “Uchyog‘och” mahallasidagi aholi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, hududda yetkazilgan meva-sabzavotlarni saqlash, muzlatgich omborxonalar tashkil etish, mahsulotlarni tayyorlov korxonalariga bevosita sotishni uyushtirish yuzasidan ham bir qator takliflar kelib tushdi.
“Biznesni yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusidagi qisqa muddatli o‘quv seminarlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, tumandagi aholining o‘z honadonidagi sharoit va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqib samarali foydalanishga o‘rgatish, shuningdek, bevosita mahalla ichiga kirib, mahallada yashovchi axolini “ruhlantirish” asosida oilada qo‘shimcha daromad manbaini shakllantirishning yo‘l –yo‘riqlarini o‘rgatish hamda ularni oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etishdan iboratdir.
Uchqo‘rg‘on tumanida yuqoridagi kabi o‘quv seminarlarini mahallalar kesimida kunma-kun o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yildi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha axborotlar taqdim etib boriladi.
18.02.2020
10:28