Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi
2020 yil 19 fevral kuni Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlot rasmiy tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.
Tashrif doirasida Tim Torlot va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Otabek Atabaev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokarada qator yo‘nalishlarda, ayniqsa savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi va biznesni tashkil etish, yuritish va rivojlantirishda yordam berish masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Muzokarada o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash muhimligi ta'kidlandi.
20.02.2020
14:49