G‘ijduvonda yosh hunarmandlar ko‘rgazmasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yo‘nalishida belgilangan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratib berish chora-tadbirlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hududlarda yoshlarni hunarmandchilikka jalb etish borasidagi amaliy ishlarga keng e'tibor qaratilmoqda.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yosh hunarmandlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular avloddan-avlodga o‘tib saqlanib kelayotgan an'anaviy hunarmandchilikni ham o‘rganmoqdalar. Shu bilan birga tengdoshlarini ham hunarmandchilikka jalb etish maqsadida turli ko‘rgazmalarda o‘zlari ishlab chiqarayotgan hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etadilar.
Joriy yilning 13 fevral' kuni G‘ijduvon tumani hokimligi binosida tumanda hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yosh hunarmandlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada yosh hunarmandlar o‘zlari ishlab chiqargan hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etdilar.
21.02.2020
15:47