Farg‘ona viloyatida aholini tadbirkorlikka keng yo‘naltirish tadbirlari izchil davom etmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish Respublika markazi Farg‘ona viloyat filiali tomonidan Marg‘ilon shaxar 1-sonli Tibbiyot kolleji binosida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida keng qamrovli o‘quv seminari tashkil qilindi.
Ushbu o‘quv seminarda Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi Farg‘ona viloyat filiali raxbari Ataismatov Iqboljon, Agrobank kredit bo‘limi boshlig‘i Mirzajonov Nodirbek,»Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasi Marg‘ilon shaxar filiali raxbari E.Raxmonov, Marg‘ilon shahar TKM raxbari Rasulova Gulxumorlar ma'ruzalari bilan qatnashib, seminar ishtirokchilariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi zaruriy bilimlar, banklar tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar, jamg‘arma faoliyati va Savdo-sanoat palatasi xizmatlari xaqida ma'ruza qilishdi va tadbirkorlikka oid berilgan barcha savollarga javob berishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan seminarda 210 nafar yoshlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan axoli vakillari qatnashdi.
21.02.2020
17:15