Nukus shahrida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 24 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida «Shayrlar auili» MFY da tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholini moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Savdo – sanoat palatasi va Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublikasi markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahri Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Nukus filiali binosida tashkil etildi.
Ushbu o‘quv seminarda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublikasi markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari Rzaeva G, Nukus shahri Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi (TKM) boshlig‘i Ikimetov M va Savdo – sanoat palatasi yetakchi mutaxassisi Kalimbetova Sh ma'ruzalari bilan katnashib, seminar ishtirokchilariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi zaruriy bilimlar, banklar tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar, jamg‘arma faoliyati va Savdo – sanoat palatasi xizmatlari haqida ma'ruza qilishdi va tadbirkorlikka oid berilgan barcha savollarga javob berishdi.
Ochiq muloqat tarzida o‘tkazilgan seminarda 87 nafar tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan aholi vakillari qatnashdi.
02.03.2020
17:33