Buxoroda «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» mavzusida seminar tashkil etildi
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Buxoro filiali tomonidan 2020 yilning yanvar'-fevral' oylarida 4 marotaba «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» dasturi bo‘yicha seminar tashkil qilinib, jami 300 nafardan ortiq fuqarolar moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lishdi.
Navbatdagi seminar 2020 yilning 2 mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida Kogon tumani aholisi uchun «Biznes yaratishda yetti qadam» mavzusi bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi Buxoro filiali raxbari R.Naimov tadbirkorlar uchun zarur bo‘lgan mavzularda ma'ruza o‘tdi. Kogon tuman Iqtisodiyot va Sanoat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.Hayitov «Tadbirkorlikning qonunchilik asoslari» mavzusida tushunchalar berib o‘tdi.
Kogon tuman Davlat xizmatlari markazi xodimi G‘.Mavlonov esa «Tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va kommunikasiyalarga ulanish» mavzusida o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Seminarning oxirida tinglovchilar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Kogon tumanidan 100 nafar aholi qatnashdi, bulardan 60 nafar erkak va 40 nafari ayollar.
03.03.2020
13:49