Farg‘ona viloyatida “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslari davom etmoqda
Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi Farg‘ona filiali tomonidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash” mavzusida 22 soatlik o‘quv seminarlarini o‘tkazib kelmoqda. Navbatdagi o‘quv seminari Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Maishiy xizmat kollejida (02.03.2020-06.03.2020) o‘tkazilmoqda
O‘quv seminarining ikkinchi kunida “Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi” Farg‘ona filiali raxbari I.Ataismatov “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam”, Agrobank oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo‘lim boshlig‘i Ummatov Murodjon “Biznes-rejani ishlab chiqishda asosiy tamoyillar.Garov”, Oltiariq tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektor R.Boyyigitov, “Soliqlar va majburiy to‘lovlar, ular bo‘yicha imtiyozlar”, Moliya bo‘limi mutaxassisi A.Maxmudov “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliyaviy hisobot”, Axoli bandlikka ko‘maklashish markazi bosh mutaxassis M.Tojiboev “Mexnat qonunchiligi, kadrlarni tanlash va o‘qitish” mavzularida ma'ruza qildilar.
O‘quv seminarida 49 nafar maxalliy tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi axoli vakillari qatnashdilar. Seminar ishtirokchilari soxaga oid savollarga javob oldilar.
03.03.2020
17:46