• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Sayyor soliq tekshiruvlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori loyihasi jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati ustidan tekshirishlar o‘tkazish talablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-son “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan. Biroq, mazkur loyiha ilovasida taklif eitilayotgan tartib, ushbu Farmon talablariga to‘liq javob bermaydi.

    Shu bois, loyiha ilovasini mazkur Farmon talablariga to‘liq moslashtirish lozim. Xususan:

    1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, vakil tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining tekshiruvlarini muvofiqlashtirishni hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati tekshiruvlari o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilangan.

    Shuningdek, Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmoniga ko‘ra, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

    Biroq, taklif etilayotgan Nizomda tadbirkorlik faoliyatida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvi vakolatli organ bilan kelishish tartibi belgilanmagan, bu esa o‘z navbatida soliq organlari tomonidan mansab vakolatini suiste'mol qilish va korrupsiya holatini keltirib chiqarishga zamin yaratadi.

    Shu bois, loyixa ilovasida tadbirkorlik faoliyatida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvi vakolatli organ bilan kelishish tartibini belgilash lozim.

    1. Loyiha ilovasining 8 – bandida sayyor soliq tekshiruvi soliq auditi va kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchilardan qo‘shimcha ma'lumotlar va xujjatlarni olishga extiyoj yuzaga kelganda o‘tkazilishi belgilangan.

    Ko‘rinib turibdki, soliq auditi va kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchilardan birgina qo‘shimcha ma'lumotlar va xujjatlarni olishga extiyoj yuzaga kelsa, 10 kunlik sayyor tekshiruv o‘tkazish taklif etilmoqda.

    Vaholanki, soliq tekshiruvini faqat shu maqsadda o‘tkazish mantiqan noto‘g‘ri bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati ustidan amalga oshirilayotgan davlat nazorati talablari va tamoyillariga mos kelmaydi.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonida 1 kundan 10 kungacha o‘tkaziladigan tekshiruvlar faqat qonunchilik buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida yoki nazorat qiluvchi organlar tashabbusi bilan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining xavf-tahlili natijalari asosida o‘tkazilishi belgilangan.

    Shuningdek, ushbu Farmonga ko‘ra, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.

    Shu bois, taklif etilayotgan asoslar amaliyotda huquqiy asosni keltirib chiqaradi, shu kungacha mazkur sohada amalga oshirilgan islohotlarga bo‘lgan ishonchni yo‘qotish va eng yomoni – eski holatlar qaytarilishiga hamda har qanday qonunbuzilish va suiste'molchiliklarga yo‘l ochib beradi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, soliq sohasida tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidagi barcha tekshirishlar xavf-tahlili natijalari asosida o‘tkazilishini qat'iyan belgilab qo‘yish lozim.

    Shu bois, loyiha ilovasining 8 – bandini yuqorida keltirilgan Farmon talablariga moslashtirish tavsiya etiladi.

    1. Loyiha ilovasining 12 – bandi ikkinchi xatboshida soliq organi soliq to‘lovchini yoki uning vakilini sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish haqidagi buyruq bilan tanishtirishga majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 7 sentyabrda 3067-son bilan ro‘yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik” Nizom talablaridan kelib chiqqan holda, soliq organining ushbu majburiyatini quyidagi tahrirda bayon qilish tavsiya etiladi:

    “soliq to‘lovchini yoki uning vakilini sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish haqidagi buyruq, bilan tanishtirish;”.

    Bundan tashqari, yuqorida keltirilgan Nizom talablaridan kelib chiqib, loyiha ilovasining 12 – bandini quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirish tavsiya etiladi:

    “o‘z vakolatlari va tekshiruv dasturida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqmaslikka”.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-sonli Farmoniga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda yakunlari yuzasidan har chorakda vakolatli organga axborot taqdim qilishi ko‘rsatilgan.

    Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunining 14 – moddasida Palata o‘tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi belgilangan.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 27 fevral' kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan” o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ta'sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish Palataning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.

    Shuni e'tiborga olish kerakki, Palata jamotchilik nazoratini tadbirkorlik sub'ekti Palata a'zosi bo‘lishidan qat'iy nazar amalga oshiradi. Lekin, ushbu vazifani amalga oshirish uchun tekshiruv organlari, shu jumladan soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub'ektiga tekshirish ustidan jamotchilik nazoratini o‘tkazishni talab qilishi va bu haqda Palata yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini habardor qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirilishi lozim.

    Shu bois, loyiha ilovasining 12 – bandini quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirish tavsiya etiladi:

    “soliq to‘lovchi yoki uning vakiliga o‘tkaziladigan tekshiruv ustidan jamaotchilik nazoratini amalga oshirish uchun Savdo-sanoat palatasi yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotini jalb qilishi mumkinligini tushuntirish”.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-sonli Farmoniga ko‘ra, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart.

    Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

    Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritilishi belgilangan.

    Biroq, loyiha ilovasida o‘tkaziladigan tekshiruvni va u tamomlangandan keyin uning natijasini Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritish tartibi belgilanmagan.

    Shu bois, loyiha ilovasiga o‘tkaziladigan tekshiruvlarni va ularning natijalarini Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga joylashtirish to‘g‘risida qoida kiritish lozim.

    1. “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunining 7- moddasida Palata o‘z a'zolari bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining monitoringini amalga oshirishi hamda tadbirkorlik faoliyatni tekshirishlarda ishtirok etishi belgilangan.

    Palata ushbu vazifani tekshiruv organlari, shu jumladan soliq organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazishdan oldin Palataning tegishli hududiy bo‘linmalariga xabar berilsagina, Qonunda belgilangan mazkur huquqiy vositadan samarali foydalangan holda, amalga oshirishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasida soliq organlari tomonidan Palata va uning hududiy bo‘linmalarini tekshirishdan kamida 1 kun oldin xabardor qilish tartibini joriy etish lozim.

    Yuqorida keltirilgan Qonun talablaridan kelib chiqib, loyiha ilovasining 12 – bandini quyidagi xatboshi bilan to‘ldirish tavsiya etiladi:

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishdan kamida 1 kun oldin tegishliligi bo‘yicha Palata va (yoki) uning hududiy bo‘linmalarini yozma ravishda habardor etish”.

    1. Loyiha ilovasining 2-bandida “Sayyor soliq teshiruvi chog‘ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq boshqa ahborotning tahlili o‘tkaziladi” - deb belgilangan.

    Biroq, “boshqa ahborotning tahlili o‘tkaziladi” - atamasiga izoh berilmagan, bu esa o‘z navbatida, sayyor tekshiruv holatiga bog‘liq bo‘lmagan xujjatlarni talab qilinishi va joylarda nazorat qiluvchi organlar tomonidan har xil turda talqin qilinishi mumkin.

    Shuningdek, Soliq kodeksining 21-moddasida soliq to‘lovchilar soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va (yoki) soliq to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan talablarini bajarmaslik huquqlari ko‘rsatilgan.

    Shu bois, loyiha ilovasining mazkur bandida ko‘rsatilgan “boshqa ahborotning tahlili o‘tkaziladi” – degan so‘zlariga to‘liq izoh berilishi lozim.

    1. Loyiha ilovasining 3-bandida “Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallari qo‘llanilishini tekshirishga, soliq solish ob'ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob'ektlarni o‘rganishga, tovarlar (xizmatlar)ni realizasiya qilishdan olingan tushumni xronometraj kuzatuvini va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarda ishlovchi xodimlar soni monitoringini amalga oshirishga, faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun lisenziya yoki ruxsat guvohnomalari mavjudligini, shuningdek tovar-moddiy qimmatliklarni avtotransport vositalari orqali tashilishi qonuniyligini o‘rganish hamda soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‘tkazishga haqli” - deb belgilangan.

    Biroq, “soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‘tkazishga haqli” – deganda, soliq nazoratining aynan qanday tadbirlari o‘tkazilishi mumkinligi to‘g‘risida izoh berilmagan. Bu esa o‘z navbatida, soliq olganlari tomonidan mansab vakolatining suiiste'mol qilinishi holatiga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasining mazkur bandidagi “soliq nazoratining boshqa tadbirlarini” jumlasini chiqarib tashlash lozim.

    1. Loyiha ilovasining 7-bandida “Mazkur Nizomda belgilangan tartibda o‘tkazilgan sayyor tekshiruvi natijalari bo‘yicha qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda soliq organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar qo‘riladi” -deb ko‘rsatilgan.

    Biroq, Soliq kodeksining 139-moddasida “Sayyor soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra, soliq organlari tomonidan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash amalga oshirilmaydi” – deb belgilangan.

    “Soliq va yig‘imlarni hisoblash” o‘zining huquqiy jihatiga ko‘ra chora sifatida baholanadi. Ya'ni, tekshiruv natijalari bo‘yicha soliq organlari tomonidan choralar ko‘rilishini nazarda tutuvchi yuqoridagi bandning Soliq kodeksiga zidligi ko‘rinib turibdi.

    Shu bois:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 30 dekabrda 3207-son bilan ro‘yxatga olingan “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4 – bandiga ko‘ra, soliq to‘lovchilar va ularning vakillari soliq organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga olish huquqiga ega.

    Shu bois, mazkur Nizom talablaridan kelib chiqqan holda loyiha ilovasining 13 – bandini quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirish tavsiya etiladi:

    “soliq organi tomonidan amalga oshirilayotgan sayyor soliq tekshiruvi jarayonini foto va video tasvirga olish;”.

    1. Loyiha ilovasining 7-bobida “Nazorat-kassa texnikalari va to‘lov terminallaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishini tekshirish” tartibi belgilangan.

    Biroq, loyiha ilovasining mazkur bobida belgilangan tekshirish tartibi, Soliq kodeksining yangi tahririda ko‘rsatilmagan. Bu esa, o‘z navbatida, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlariga imkon yaratib beradi hamda har qanday qonunbuzilish holatlarini keltirib chiqaradi.

    Shu bois, Nizom loyihasining 7 – bobini chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    1. Nizom loyihasining 27 – bandida “Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida xujjatlar va (yoki) buyumlarni tungi soat 23-00 dan 06-00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi” – deb ko‘rsatilgan.

    Soliq organi mansabdor shaxslari tomonidan o‘z “Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida xujjatlar va (yoki) buyumlarni soliq to‘lovchining ish kunlari va ish vaqtidan tashqari bo‘lgan vaqtlarda olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi”.

    1. Bayon etilganlarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasini yuqorida bildirilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

    Bu boradagi faoliyat davom etmoqda.

     

    SSP Axborot xizmati

    04.03.2020

    17:59

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06