Savdo-sanoat palatasida talabalar ishtirokida seminar tashkil qilindi
2020 yil 5 mart kuni Savdo sanoat palatasi binosida Iqtisodiyot va Moliya institutlari talabalari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining respublika iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
Mazkur uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi xodimlari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Talabalarga Savdo-sanoat palatasi tomonidan standartlashtirish,tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish masalalari, kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va shu kabi yo’nalishlarda qilinayotgan ishlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’ruzalardan so’ng talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi va shu kabi uchrashuvlarni ko’plab tashkil qilish to’g’risida kelishib olindi.
05.03.2020
17:48