Tadbirkorlar SSP himoyasi ostida
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyat xududiy boshqarmasi tomonidan palata a'zosi bo‘lgan «Nozim Diyor AS Qurilish» MChJ ning manfatini himoya qilish va javobgardan qarzdorlik undirish yuzasidan Qarshi tumanlararo Iqtisodiy sudiga da'vo ariza bilan murojaat qilingan.
Sud tomonidan 2020 yilning 27-fevral kuni 4-1801-2002/285-sonli chiqarilgan hal qiluv qarori bilan «Nozim Diyor AS Qurilish» MChJning da'vo talabi qanoatlantirildi.
Javobgardan 611 673 641 so‘m undirildi va shu orqali palata a'zosining buzilgan huquqlari tiklandi.
Agarda sizning ham tadbirkolik faoliyatingizda shu kabi muammolar yuzaga kelsa o‘z hududingizdagi Savdo-sanoat paltasi yoki Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.
09.03.2020
14:05