Farg‘ona viloyatida “Hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi” o‘tkazilmoqda
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda tarmoqlararo va hududlararo kooperatsiyani rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va kichik tadbirkorlik sub'ektlarini sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etish maqsadida joriy yilning 16-18 mart kunlari Farg‘ona viloyatida “Hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi” o‘tkazilmoqda.
Sanoat yarmarkasida viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi 150 dan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoq va hududiy korxonalar 800 dan ortik o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar namunalari, o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orkali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar turlari hamda istikbolli loyihalari bilan qatnashadilar.
Shu bilan birga yarmarkada yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va tadbirkorlik sohasi vakillari, xo‘jalik birlashmalari, qo‘shni davlatlar Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari savdo-sanoat palatalari vakillari hamda mamlakatdagi ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Yarmarka kun tartibida sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalari, elektron kooperatsiya birjasi portali (cooperation.uz) faoliyati, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yanada kengaytirish, kichik biznes sub'ektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish, investision imkoniyatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tarmok va xududlarda sanoat saloxiyatini oshirishga qaratilgan taqdimotlar, “B2B” uchrashuvlar va muzokaralar kabi tadbirlar joy olgan.
Shu munosabat bilan, joriy yil 16-18 mart kunlari Farg‘ona shahar, O‘zbekiston ko‘chasi 58-uy manzilida joylashgan “Biznes markazi”da bo‘lib o‘tadigan “Hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi”ga mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarini taklif etamiz.
12.03.2020
15:23