SSPning hududiy boshqarmalari tomonidan “Biznes yaratish yo’lidagi yetti qadam” va “Tadbirkorlikkka o’qitish asoslari” mavzularida seminarlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 2-6 mart kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlarida “Biznes yaratish yo’lidagi yetti qadam” va “Tadbirkorlikkka o’qitish asoslari” mavzularida o’quv seminarlari tashkil etildi.
Mazkur o’quv seminarlarida joylarda faoliyat olib borayotgan Savdo-sanoat palatasi hodimlari, tadbirkorlikka ko’maklashish markazlari rahbarlari, Davlat soliq qo’mitasining hududiy bo’linmalar vakillari o’z taqdimotlari bilan ishtorok etishib, tadbirkorlik faoliyatining afzalliklari va hozirga kunda ushbu faoliyatni boshlash istagida bo’lganlar uchun yaratilayotgan imtizyozlar haqida tushuntirib o’tishdi.
Tashkil qilinayotgan o’quv seminarlaridan ko’zlangan asosiy maqsad aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va yoshlarda Start-up g’oyalarini shakillantirishdan iborat.
Shuningdek tashkil etilgan seminarlarda umumiy hisobda 150 dan ortiq tinglovchi ishtirok etib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddi hodimlar tomonidan atroflicha javob berildi.
O’quv seminarlari Respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
13.03.2020
16:57