Hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Bugungi kunda respublika hududi bo‘ylab koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish, ushbu virusning xat-xujjatlar almashish orqali tarqalishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2020 yilning 26 mart kunidan boshlab O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida xujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Hujjatlar fakat E-xat elektron axborot almashinuvi tizimi chamber@exat.uz yoki elektron pochta info@chamber.uz orqali qabul qilinadi.
Shuningdek, telegram orkali SSP Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntiga yoki (78) 150-60-06 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
28.03.2020
12:34