• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    «COVID-19 Challenge 2020»

    Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion yechimlar onlayn tanlov oʻtkaziladi.

    COVID-19 Challenge 2020” – bu COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun onlayn tanlov bo’lib, unda O’zbekistonning barcha hududlaridan innovatorlar COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun bilim, texnologiya, tibbiyot va tadbirkorlikni birlashtirib, hamkorlikda innovatsiyalarni yaratishlari mumkin.

    Koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekiston hukumati infektsiyaning tarqalishiga qarshi kurashish uchun bir qator cheklov choralari qabul qilingani tufayli, koʻplab odamlar ishsiz qolishdi. Hozirda fuqarolarning alohida toifalari, shuningdek muayyan hamjamiyatlar va korxonalar yordam va qoʻllab-quvvatlashga muhtoj.

    Shu maʼnoda mazkur tanlovni o’tkazish – bu innovatorlar joriy inqirozni yengishga yordam beradigan yangi vositalar oʻylab topadigan, tajriba o’tkazadigan hamda texnologiyalar va raqamli yechimlarni yaratadigan onlayn platforma yaratishga harakatdir.

    Tarmoqli va oʻzarohamkorlikyondashuv bilan muhim muammolarga texnologik yechimlarni safarbar qilish, ularni aniqlash va joriy etish orqali COVID-19 inqirozining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini barchaga, ayniqsa aholining himoyaga muhtoj guruhlariga taʻsirini kamaytirish va yumshatish mazkur tanlovdan koʻzlangan bosh maqsad hisoblanadi. Tanlov tez joriy etsa boʻladigan va milliy koʻlamda jadal ommalashadigan texnologik yechimlarni izlashga qaratilgan.

    Tanlov tashkilotchilari: BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi, IT-Park, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi va Innovatsion Rivojlanish Vazirligi qoshidagi Yoshlar Akademiyasi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi, “Raqamli ishonch” jamg’armasi, Jahon Banki va YHHT. 

    Shuni qoʻshimcha qilish mumkinki, tanlov tashkilotchilari bir nechta loyiha jamoalari oʻrtasida faoliyat va aksaloqa yoʻnalishida yordam koʻrsatadigan ekspertlar vazifasini bajaradigan mentorlar bilan yelkama-yelka ishlaydilar. Ularning maqsadi bir vaqtning oʻzida muhim va amalga tatbiq etishga layoqatli yechimlarni yaratishdan iboratdir. Har bir yoʻnalishga 4-5 nafar mentor jalb etiladi.

    TANLOV QUYIDAGI YOʻNALISHLARDA BOʻLIB OʻTADI:

    1. SOGʻLIKNI SAQLASH
    2. YORDAMGA MUHTOJ AHOLIGA KOʻMAKLASHISH
    3. KICHIK BIZNES VA BANDLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH
    4. JAMOATCHILIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH
    5. TAʼLIM
    6. XABARDORLIKNI VA XULQ-ATVORNI YAXSHILASH
    7. BO'SH VAQTNI SAMARALI O’TKAZISH
    8. BOSHQALAR

    Tanlovda yuqoridagi mavzularda qamrab olinmagan yechim va gʻoyalarni ham taklif qilish mumkin.

    Biz sizning fikringizcha muhim va tanlovga kiritilishi lozim deb hisoblangan har qanday boshqa mavzular boʻyicha innovatorlarni yechimlarni ilgari surishga taklif qilamiz. Gʻoyalarni olgʻa suring va nostandart fikrlashdan uyalmang!

    Tanlovda istalgan kishi qatnashishi mumkin. Qiziquvchilar va kompaniyalar roʻyxatdan oʻtish va taklif etilayotgan texnologik yechim gʻoyasini onlayn shaklni toʻldirish orqali taqdim etishlari soʻraladi. Arizalar qabul qilingandan keyin loyihalar koʻrib chiqiladi. Muvaffaqiyatli gʻoya va loyihalar muallif va jamoalari onlayn suhbatga taklif etiladilar. Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan novatorlar mentorlikdan (onlayn moderatsiya va aqliy hujum) oʻtadilar hamda yakuniy saralash va shartnoma tuzilishidan avval loyihani himoya qiladilar.

    Kamida 5-ta istiqbolli loyiha sinovdan o’tkazish va taklif qilingan texnologik yechimlarni amalga tatbiq etish uchun hamkorlar tomonidan taqdim etilgan 10 000 AQSh dollarigacha boʻlgan moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlanadi.

    Tashkilotchilar eng samarali yechimlar kelgusida moliyalashtirilishi va joriy inqiroz paytida imkon qadar maksimal ehtimoliy samaraga erishish yoʻlida qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida COVID-19 tarqalishining oldini olish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasiga murojaat qiladilar.

    Tanlovda qatnashish talablari, tanlov qoidalari va qoʻshimcha maʼlumot quyidagi havolada taqdim etilgan: http://covid-19challenge.it-park.uz/

     

    SSP Axborot xizmati

    08.04.2020

    12:03

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06