Hurmatli tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Rayosati qarori bilan Ijroiya qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritilib, yangi boshqarma tashkil qilinganligi haqida ommaviy axborot vositalarida xabarlar berilgandi.
Xususan, tashkil qilingan yangi tuzilmalar qatorida Biznes kompetensiyalarni oshirish, yoshlar startap loyihalariga ko‘maklashish va biznes-inkubatorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ham mavjud.
Ko‘rinib turibdiki, ushbu boshqarmaning faoliyati 3 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladi. Bular:
- tadbirkorlik sub'ektlarining biznes kompetensiyalarni oshirish, ya'ni tadbirkorlikda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, yangi biznes loyihalarni amalga oshirishda ilmiy yondoshuvlarni va bilimlarni kengaytirishga yordam berish maqsadida master-klass va seminarlar o‘tkazish;
- Yosh tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarning startaplarini, innovasiyaon g‘oya va loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishi, bu borada turli ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmalar tashkil qilish va startaplarni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganib, amaliyotga tatbiq qilish;
- Biznes inkubatorlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, xususan, sohada biznes tashabbuslar, g‘oyalar va loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish oid dolzarb masalalar bo‘yicha forumlar tashkil etishga ko‘maklashish kabi masalalardan iborat.
- Shuningdek, boshqarma tomonidan tadbirkorlik ta'limini institusional rivojlantirish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va ishbilarmonlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi bo‘yicha yaxlit integratsiyalashgan tizim yaratish belgilangan.
Rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun Biznes kompetensiyalarni oshirish, yoshlar startap loyihalariga ko‘maklashish va biznes-inkubatorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi quyidagi maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan:
- tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash biznes kompetensiyalarni oshirish va qayta tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ma'lumotlarni tahlil qilish, mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan tizimli takliflarni ishlab chiqish;
- yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni ommalashtirish, yoshlarni biznes saboqlariga o‘qitish va o‘rgatish, ular faoliyatini doimiy monitoring qilib borish, duch kelinayotgan muammolar va to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashish. Iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta'lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va shaharlarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy kurslarini quyidagi usullar orqali tashkil etish;
- Palata tizmida biznes-inkubatorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodagik qo‘llab-quvatlash amalga oshiradi;
- hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatidan kelib chiqib yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishni amalga oshiradi;
- palataning maqsad-vazifalarini hayotga tatbiq etish, ayniqsa, barcha toifadagi yoshlar, jumladan ish bilan band bo‘lmagan va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, yoshlar o‘rtasida ishbilarmonlik muhitini yaratish, yoshlarning o‘z shaxsiy biznesini tashkil etishni rag‘batlantirishga qaratilgan aniq takliflar, tadbirlar rejasi, dasturlari ishlab chiqish va bajarilishini muvofiqlashtiradi;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan festivallar, forumlar, anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar dasturlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi;
- Palata ko‘magida amalga oshirilgan biznes g‘oyalar va Start-Up loyihalarning amalga oshirlishini monitoring qiladi;
- ayollar tadbirkorligining jadal rivojlanishini ta'minlash, tadbirkorlikka keng erkinliklar berish hamda qulay ishbilarmonlik va investisiya muhitini yanada yaxshilash;
- tadbirkorlarga biznes yuritish, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik sub'ektlari uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazishni amalga oshiradi;
- tadbirkorlarga biznes kompetensiyalarni oshirish borasida davra suhbatlari, forumlar, seminarlar, Internet konferensiyalar, videokonferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazish borasida keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatishga doimo tayyor.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni +99878-150-60-06 raqamidan olishingiz mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, A.Temur shoh ko‘chasi, 4.
www.chamber.uz / e-mail: d.jumaniyazov@chamber.uz
05.06.2020
10:26