Savdo-sanoat palatasi tomonidan Sirdaryo viloyati tadbirkorlarining faoliyati o‘rganildi
Yurtimizda xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shu o‘rinda, joriy yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Raisining o‘rinbosari F. Usmanov tadbirkorlikni rivojlantirish, qolaversa yangi tadbirkorlik subнektlarini tashkil etish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ijro holati, oldingi yillar (2019 yil)da yangi tashkil etilgan kichik biznes sub'ektlari to‘liq faoliyat yuritishini ta'minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘rganish maqsadida Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan korxonalarni ko‘zdan kechirdi.
Safar davomida, maxalliy korxona raxbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Pandemiya sharoitida yuzaga kelayotgan muammo va masalalarni tezkor hal etish buyicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqildi.
Pandemiya davrida Prezident Farmonlarida nazarda tutilgan imtiyozlar natijalari o‘rganildi. Shu o‘rinda, viloyat ixtisoslashuvidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Undan tashqari, tuman va shaharlarda tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlanishtirish borasida amalga oshirilgan ishlardagi asosiy o‘zgarishlarni kuzatish va xulosa qilish maqsadida, yil boshida belgilab olingan 11 ta asosiy yo‘nalish ma'lumotlari va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar o‘rnalib chiqildi.
Viloyatdagi aholi soni va ulardan tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganlar bo‘yicha ko‘rsatkichlardan foydalanib, Farg‘ona viloyati na'munasi asosida har bir tumanning pasportini tayyorlash kerakligi muxokama etildi.
O‘rganishlar davomida, aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha onlayn o‘quvlarni etish, qolaversa hunarmandchilikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, yaratilgan ish o‘rinlari va soha bo‘yicha tumanda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar ko‘rib chiqildi.
09.06.2020
18:32