• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    MEDIATSIYАNI RIVOJLANISH MUAMMMOLARI HAQIDA FOZILJON OTAXONOV FIKRI

    - Mediatsiyani huquqiy asoslari yaratilganmi? 

    - Ha, yaratilgan. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida nizolarini muqobil hal etish usullaridan biri sifatida mediasiya tushunchasi, maqsadi, vazifalari, mexanizmini belgilovchi  “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

    Qonunga muvofiq mediasiya suddan tashqari tartibda, sud jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish va hakamlik sudida ko‘rish jarayonida o‘tkazilishi mumkin.

    “Mediasiya to‘g‘risida”gi Qonun normalarini ishlashini ta'minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Fuqarolik prosessual kodeksi, Iqtisodiy prosessual kodeksi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi, "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonunlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan «Professional mediatorlar reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va “Mediatorlarni tayyorlash dasturi” qabul qilindi. Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida yangi kasb sifatida mediatorlarni bir oylik o‘qitish jarayoni boshlandi. Hozirgi kunga qadar ushbu kurslarni 41 nafar shaxslar muvaffaqiyatli tugatdilar.

    Mediasiya instituti AQSh, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Xususan, AQShda iqtisodiyot sohasidagi, Yaponiyada oilaviy nizolarning birontasi mediasiya jarayonisiz hal qilinmaydi.  Mediasiyani qo‘llash natijasida 80-90 foiz nizoli holatlar sud muhokamasigacha hal etiladi.

    Sud statistikasi tahliliga ko‘ra, birgina fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan ishlarning soni  2019 yilning 9 oyi mobaynida 199 244  ta tashkil qilgan, iqtisodiy sudlarda shu davr mobaynida 140 050 ta ishlar ko‘rilgan. Bunday holat esa sud'yalar ish hajmining yuqori darajada ekanligini va  bu o‘z navbatida, ular tomonidan qabul qilinayotgan hal qiluv qarorlarining sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganligini qayd qilishga asos bermoqda.

    Mediasiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad nizolarni hal etishning muqobil usullarini qo‘llash, sudlarning ish hajmini kamaytirish orqali odil sudlovni samarali amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.

    - Mediasiyani rivojlanishiga nimalar to‘siq bo‘layapti?

    - Mediasiyani keng miqyosda qo‘llash orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator omillar mavjud. Xususan:

    birinchidan, maxsus qonun qabul qilinganiga bir yarim yildan ko‘p vaqt o‘tganiga qaramay mamlakatimizda faqatgina 41 ta professional mediatorlar tayyorlandi xalos, bunga sabab o‘quv jarayoni bir oy muddat qilib belgilanganligi va bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida haq olinayotganligi;

    ikkinchidan, Adliya organlari tomonidan Professional mediatorlar reestri yuritila boshlandi, ammo ushbu reestr ularning rasmiy veb-saytlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga hanuzgacha  joylashtirilgani yo‘q;

    uchinchidan, mediasiya institutining mazmun-mohiyati va afazalliklarini aholi va tadbirkorlar o‘rtasida, shuningdek ommaviy axborot vositalari, internet resurslarida foydalangan holda tizimli ravishda targ‘ibot va tashviqot qilish ishlari amalga oshirilmayapti;

    to‘rtinchidan, O‘zbekistonda mediatorlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga uslubiy yordam ko‘rsatish, mediasiyaga oid xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berish, mediatorlar kasb etikasi qoidalarini joriy qilish va boshqa vazifalarni amalga oshirilishini ta'minlaydigan nodavlat-notijorat tashkilot tuzilmagan;

    beshinchidan, professional mediatorlar o‘z faoliyatlarini boshlashi uchun mediasiya markazlarini tashkil qilish va ularga zarur moddiy-texnika bazasini, shu jumladan bino va sudlarda alohida xonalar ajratish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal qilinmagan;

    oltinchidan, davlat organlari va sudlarda professional mediatorlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar mavjud emas;

    yettinchidan, Qonunni qo‘llashda yuzaga kelayotgan ba'zi muammolar, xususan,  Qonuning 12-moddasida  “davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs” mediator bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. Bu norma qanday toifadagi davlat xizmatchilariga taalluqli degan haqli savolni berishga asos bo‘lmoqda. Agar u barcha davlat xizmatchilariga tegishli bo‘lsa, davlat oliy  ta'lim muassasalari pedagoglariga ham tegishli bo‘ladi. Aksincha mediasiya rivojlangan mamlakatlarda professional mediator sifatida aksariyat hollarda universitetlar va kollejlarning pedagoglari (professor-o‘qituvchilari) faoliyat yuritadilar.

    Bundan tashqari Qonunda noprofessional mediatorlar hisobini yuritish masalasi ham ochiq qoldirilgan.

    - Mediasiyani rivojlantirish uchun qanday tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rish kerak?

    - Mamlakatimizda mediasiya institutini jadal rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilar nazarda tutilishi maqsadga muvofiq:

    mediasiya institutini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasini” tasdiqlash va unda jumladan amaldagi Qonunga va kodekslarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasini kiritish;

    taraflar o‘rtasida faqat professional mediator ishtirokida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilishi va davlat boji qaytarilishi;

    nodavlat-notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lgan, professional va noprofessional mediatorlarning a'zoligiga asoslangan O‘zbekiston mediatorlar palatasini tashkil etish va uning asosiy vazifalarini belgilash;

    Oliy ta'lim muassasalarida, Sud'yalar oliy maktabi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar Akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazida  mediasiya bo‘yicha o‘quv kurslarini kiritish;

    barcha sud binolarida mediasiya xonalarni tashkil qilish va Professional mediatorlar reestriga kiritilgan mediatorlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rgazmali joylashtirish:

    mediasiya institutni rivojlantirishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish va o‘tkazish;

    nizolarni muqobil hal qilish usuli sifatida mediasiyadan foydalanish va uning afzalliklari haqida ommaviy axborot vositalari va Internet orqali keng ko‘lami targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish va boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar.

     

    SSP Matbuot-xizmati

    10.06.2020

    10:35

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06