Meva-sabzavotlar eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmonlarining biznes muloqoti tashkil etiladi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Yapon hamkorlari bilan birgalikda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish maqsadida 2020 yil noyabr oyida respublikamiz ishbilarmonlari delegatsiyasini Yaponiyaga tashrifini rejalashtirmoqda
Ushbu safar davomida joriy yil 20-22 noyabrda Tokio shahrida tashkil etiladigan “VEGETABLES & FRUITS WORLD 2020” meva-sabzavotlar ko‘rgazmasida ishtirok etish, meva-sabzavotlarni yetkazib berish bo‘yicha Yaponiyadagi salohiyatli xaridorlar bilan biznes muloqotlarda qatnashish va ushbu sohadagi Yapon firmalariga tanishuv tashriflarini amalga oshirish belgilangan.
Mazkur tadbirda qatnashadigan ishtirokchilar soni cheklangan.
Yaponiyada o‘tkaziladigan mazkur tadbirda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish salohiyatiga ega bo‘lgan hamda Osiyo davlatlariga mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodimi A'zamov Sardorga +99899 774-45-94 telefon raqami orqali bog‘lanishni so‘raymiz.
11.06.2020
17:35