Xalqaro Savdo palatasi tomonidan “Savdoni raqamlashtirish va mikro-, kichik va o‘rta biznes: pandemiya davridan keyin eksportni rivojlantirish” mavzusida vebinar tashkil etildi
2020 yilning 18 iyun' kuni Xalqaro Savdo palatasi (ICC) tashabbusi bilan “Savdoni raqamlashtirish va Mikro-, kichik-, o‘rta biznes: pandemiya davridan keyin eksportni rivojlantirish” mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu vebinarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Usmonov ishtirok etdi.
Tadbirda Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha BMT komissiyasi va Jahon bojxona tashkiloti vakilllari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Vebinarda Mikro-, kichik-, o‘rta korxonalar uchun asoslangan an'anaviy savdoning ta'siri va samarasizligi, elektron tizimga asoslangan savdoning korxonalarga qulayliklari, pandemiya sharoitida elektron savdoni faollashtirish va xalqaro savdo qonunlari bo‘yicha elektron savdoni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
19.06.2020
13:59