• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISh USULLARI YaNGI BOSQIChGA KO‘TARILMOQDA

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 iyundagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4754-son Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudining raisi, professional mediator, yuridik fanlar doktori Foziljon Otaxonov bilan suhbat.

    Foziljon Haydarovich, avvalo, mazkur qarorning qabul qilinishiga nima sabab bo‘ldi?

    Mamlakatimizda so‘nggi yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qilmoqda.

    Huquqni qo‘llash amaliyotida, ijtimoiy hayotda turli sub'ektlarning manfaatlari to‘qnashuvi, ular o‘rtasida bahs-munozaralar va nizolar kelib chiqishi tabiiy. Nizolarni hal etish tizimi ularni sud orqali va muqobil usullar bilan hal qilishni o‘z ichiga oladi. Nizolarni muqobil hal qilish usullari sifatida mediasiya va hakamlik sudarining huquqiy asoslari yaratilgan. Xususan,  “Hakamlik sudlari to‘g‘risida” va “Mediasiya to‘g‘risida” qonunlar qabul qilingan.

    Hozirgi kunda mamlakatimizda 240 dan ortiq hakamlik sudlari faoliyat yuritmoqdan, shundan 15 tasi Savdo-sanoat palatasi tizimida tashkil qilingan va 40 dan ortiq professional mediatorlar tayyorlandi.

    Ammo, qarorda haqli ravishda ta'kidlaganidek, ushbu sohada islohotlarning hozirgi bosqichi davlat organlarida nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yagona tizimini yaratish, mediasiya, xakamlik sudlari hamda xalqaro arbitrajlarni fuqarolar hamda tadbirkorlarning ishonchiga sazovor bo‘ladigan nizolarni hal etuvchi samarali muqobil institutlarga aylantirish lozimligini taqozo etmoqda.

    Shuning uchun ham mazkur qarorni qabul qilishning maqsadi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, nizolarni qal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, sudlarda ish hajmini maqbullashtirishda mediasiya instituti, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning rolini tubdan oshirish belgilandi.

    Davlat organlarida eksperiment tarzida tuzilishi nazarda tutilgan Apellyasiya kengashlarining faoliyatini ham nizolarni muqobil hal qilish usuli sifatida qarash kerakmi? 

    Men bu savolga ha deb javob beraman. Chunki, keng ma'noda davlat sudlaridan tashqari nizolarni hal qilishning har qanday usuli unga nisbatan muqobil hisoblanadi. Xorijiy davlatlarda nizolarni muqobil hal qilishning o‘ttizdan ortiq usullaridan foydalaniladi.

    Shu o‘rindda Appelsiya kengashida nizolarni hal qilish mamlakatimizda yangi mexnizm emasligi va u Intellektual mulk agentligi tizimidan mavjud bo‘lib, o‘z samarasini berayotganligi ta'kidlash lozim. Hozirgi kunda Apellyasiya kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq apellyasiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organi sifatida amalga oshirmoqda.

    Aytingchi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda  Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida tashkil qilinadigan Apellyasiya kengashlari faoliyatida Savdo-sanoat palatasi vakillari qatnashishlari mumkinmi?

    Albatta, yuqorida qayd qilingan davlat organlarida tashkil qilinayotgan Apellyasiya kengashlarida tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga taalluqli nizolar ko‘pchilikni tashkil qilishini e'tiborga oladigan bo‘lsak, Palata vakillari Apellyasiya kengashlarida ishtirok etishi lozim.

    Buni qanday amalga oshirish mumkin degan tabiiy savol tug‘iladi. Fikrimizcha ikki xil shaklda Palata vakillari Apellyasiya kengashlarida ishtirok etishi mumkin: birinchisi, Apellyasiya kengashi a'zoligiga nomzod ko‘rsatish orqali doimiy ravishda kengash yig‘ilishlarida ishtirok etish orqali; ikkinchisi,  Palata a'zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektining vakili sifatida Apellyasiya kengashining muayyan yig‘ilishida qatnashib, uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi mumkin.

    Hozirgi kunda Palata vakili Adliya vazirligi huzuridagi Apellyasiya kengashi a'zosi hisoblanadi va u doimiy ravishda kengash yig‘ilishlarida ishtirok etib kelmoqda. Ushbu amaliyotni boshqa davlat organlari ham Apellsiya kengashlarini tuzishda qo‘llaydilar degan umiddamiz. Chunki, qarorda Apellyasiya kengashi a'zoligiga sohada katta amaliy tajribaga yoki ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan obro‘li fuqarolar qabul qilinishi belgilangan.

    Davomi bor.

     

    SSP Matbuot xizmati

    19.06.2020

    14:45

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06