K-Startup Grand Challenge 2020 startap loyihalar tanlovi
Koreya Respublikasi Kichik va o‘rta biznes va startaplar vazirligi tomonidan K-Startup Grand Challenge 2020 startap loyihalar tanlovi boshlanganligini ma'lum qilamiz.
K-Startup Grand Challenge 2020 tanlovi bu Koreya Respublikasi tomonidan tashkil etilgan va ilk to‘liq moliyalashtiriladigan dastur bo‘lib, yoshlarni startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan.
K-Startup Grand Challenge 2020 tanlovining asosiy maqsadi, Osiyoda ochiq tadbirkorlik ekotizimining kengayishiga hamda Koreyaning mintaqadagi taniqli startap biznes-xabiga aylanishiga ko‘maklashishdan iborat.
Loyiha doirasida Koreya Respublikasida 3,5 oy davomida bepul istiqomat qilish imkoniyati mavjud. Startap tanlovining g‘oliblari (1-o‘rin 120 000 AQSh dollar, 2-o‘rin 60 000 AQSh dollar, 3-o‘rin 30 000 AQSh dollar) pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan. Tanlovda qatnashish uchun startap loyihalari quyidagi manzil orqali topshiriladi:
www.k-startupgc.org/KSGC2020.do?utm_source=besuccess&utm_medium=EDM.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:
a) prototip yoki mahsulot/xizmat ko‘rsatish va sarmoya kiritish bosqichida bo‘lgan texnologiyalarga asoslangan startaplar bo‘lishi;
b) startaplar oxirgi 7 yil ichida yaratilgan bo‘lishi;
v) ishtirokchi Koreya Respublikasida yashay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va bakalavr yoki yuqori malakaga ega bo‘lishi;
g) ishtirokchi ingliz tilini (bilish zarur) va koreys tilini (bilish ixtiyoriy) bilishi zarur hisoblanadi.
Startap loyihalarini topshirish muddati 2020 yil 25 iyun'.
Qo‘shimcha ma'lumotlar ilova qilinmoqda (ingliz tilida).
19.06.2020
15:22