Biznes-ombudsman boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashdi.
2020 yil 22 iyun kuni navbatdagi uchrashuv Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Biznes Ombudsman, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, viloyat prokuraturasi, viloyat hokimligi hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida shahardagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
.
Uchrashuv davomida tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan va ularni qiynayotgan muammolar ochiq oydin aytib o‘tildi. Ayniqsa, nodavlat ta'lim muassasalari uchun imtiyozli kredit olish, gidroponik issiqxona tashkil etish uchun yer maydoni ajratish, infratuzilma masalalari hamda buzilgan binolar uchun kompensasiya masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ko‘plab muammolar joyida hal etildi.
24.06.2020
11:36