AGROCOMP loyihasi ekspertlari Toshkent viloyatida
Jahon bo‘yicha eng mazali qovunlar O‘zbekistonda yetishtiriladi. Ayniqsa Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l tumanlarining qovunlari o‘zgacha.
Qovundan olinaligan sub-mahsulotlarni ishlab chiqarishda nima kamchiliklar bor? Ushbu savol oldimizga maqsad etib qo‘yilgan izlanishlarimiz uchun bir yo‘nalish edi xolos. O‘rganish tadbirlari AGROCOMP loyihasi ekspertlari bo‘lmish Alisher Rustamov va Bobur Arifbaevlardan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ushbu haftada Toshkent viloyatida izlanishlar o‘tkazildi va sohadagi bor takliflar, g‘oyalar, muammolar bilan joylarda tanishib anketalashtirildi.
Kelajakda xujjat Yevropa Ittifoqi mutaxassislari bilan o‘rtoqlashiladi. Bu tahlil aniq harakatlar rejasi tuzishning poydevoridir.
06.07.2020
15:07