"Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari" mavzusida navbatdagi vebinar tashkil etiladi.
Sizlarni "Biznes-klinika" loyihasi doirasida COVID-19 pandemiyasi tufayli krizis davrida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralariga bag‘ishlangan navbatdagi vebinarimizga taklif qilamiz.
2020 yilning 4 sentyabr kuni soat 16:00 da Savdo-sanoat palatasi Qonunchilik hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash boshqarmasi bosh yuriskonsul'ti Javlonbek Nosirov tomonidan "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari" mavzusida navbatdagi onlayn vebinar tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, tashkil etilayotgan vebinarlarda qatnashish bepul.
Vebinarga quyidagi havola orqali ulaning: https://webinar2.camon.uz/b/mhq-z72-fzv
03.09.2020
17:36