Savdo-sanoat palatasi raisi boshchiligida Qoraqalpog’iston Respublikasida tadbirkorlar va OAV vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev boshchiligida Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida tadbirkorlar hamda ommaviy-axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Shuningdek uchrashuvda Nukus shahrining tegishli sektor rahbarlari va mutassaddi tashkilot xodimlari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvni Savdo-sanoat palatasi Raisi A.Ikramov o’z nutqi bilan ochib berdi va Qoraqalpog’istonda tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlarga alohida to’xtalib o’tdi.
Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Tajetdinov Aybek Altinbekovich Qoraqalpog’istonda sanoat korxonalari faoliyati, birinchi yarim yilllikda amalga oshirilgan ishlarning tahlillari, hududni ijtimoiy-iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash va hududda tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot orqali hisbotlarni taqdim etdi.
Shuningdek uchrashuvda Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat soliq boshqarmasi boshlig’i hamda Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘I ishtirok etib, hududdagi mavjud vaziyat bo’yicha hisobotlarni taqdim etishdi.
Shu bilan birga mazkur uchrashuv debat shaklida tashkil etilib unda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Hamda ko’makka muhtoj oilalarga yordam berish, “temir daftar”ga kiritilgan oilalarga alohida e’tibor qaratish masalalari ko’rib chiqildi.Uchrashuv yakunida ommaviy-axborot vositalari xodimlari bilan suhbat tashkil etildi. Shu kabi uchrashuvlar Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
04.09.2020
17:52