Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov raisligida ayrim tuman hokimlari bilan videokonferentsaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi.
2020 yil 7 sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov raisligida Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarning amaliy natijadorligini ta'minlash va bu boradagi muhim vazifalar mavzusida ayrim tuman hokimlari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda
-pandemiya tufayli faoliyatini to‘xtatgan korxonalar bilan ishlash
-yangi kichik biznes subyekti tashkil etish
-2019 yilda tashkil etilgan korxonalar hisobiga yangi ish o‘rni yaratish va soliq to‘lov holatlari.
-2019 yilda yangi tashkil etilgan, biroq faoliyat ko‘rsatmayotgan korhonalar bilan ishlash.
- Bo‘sh yer va binolardan samarali foydalanishni tashkil etish; kabi mavzularda tuman hokimlari o‘z hududlaridagi holat yuzasidan munosabat bildirdilar.
Uchrashuv davomida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
07.09.2020
17:26