Ish izlovchi mavqeidan ish beruvchi mavqeiga birinchi qadam
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat boshqarmasi xuzuridagi “Zamonaviy kelajak ta’lim” nodavlat ta'lim muassasasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Biznes bilan tanishuv va tadbirkorlik faoliyatini boshlash” mazusidagi kadrlarni qayta tayyorlash o‘quv kursi tashkil etildi.
“Biznes bilan tanishuv va tadbirkorlik faoliyatini boshlash” o‘quv kursi tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan va o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarning iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va yuksaltirishga qaratilgan ta'lim mashg‘ulotlarini olib borish hamda tadbirkorlikning sohalariga jalb qilish orqali ularni bandligni ta'minlash, o‘z biznesini boshlagan ishtirokilargan imtiyozli kredit olishlariga, ularni o‘z korxonalarini tashkil etish va rvijlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.
O‘quv kursi davomida ishtirokchilar tomonidan o‘z biznes g‘oyalari asosida, biznes rejalarini ishlab chiqish borasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda, Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalariga, kichik sanoat zonalariga tashriflar tashkil etish rejalashtirilgan.
O‘quv kursida to‘liq ishtirok etgan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.12.2016 yildagi MO. 0782-05 raqamli lisenziyasi asosida sertifikat beriladi.
O‘quv kurs davom etmoqda.
10.09.2020
14:07