Savdo-sanoat palatasining qonunchilik sohasidagi faoliyati ijobiy baholanib, tashakkurnoma taqdim etildi
Savdo-sanoat palatasiga Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “UzCarlsberg” MChJ korxonasi tomonidan minnatdorchilik xati kelib tushdi.
Unda, Palata xodimlarining qonunchilikni takomillashtirishda tadbirkorlik sub'ektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan olib borayotgan faoliyati ijobiy baholanib, minnatdorchilik bildirilgan.
Ma'lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 592 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.
Minnatdorchilik xati ilova qilinadi.
12.09.2020
12:32