"Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishning afzalliklari" mavzusida navbatdagi vebinar tashkil etiladi.
Sizlarni "Biznes-klinika" loyihasi doirasida COVID-19 pandemiyasi tufayli krizis davrida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralariga bag‘ishlangan navbatdagi vebinarimizga taklif qilamiz.
2020 yilning 15 sentabr kuni soat 16:00 da Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish va ularni monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i Bobur Hamrayev tomonidan "Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishning afzalliklari" mavzusida navbatdagi onlayn vebinar tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, tashkil etilayotgan vebinarlarda qatnashish bepul.
Vebinarga quyidagi havola orqali ulaning: https://webinar2.camon.uz/b/mhq-z72-fzv
14.09.2020
11:09