Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (ID-21094) loyihasi jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:
Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy ko‘piklanadigan va tabiiy vino reklamasiga ma'lum talablarni inobatga olgan holda ruxsat berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi
PF-5656-sonli Farmonida ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarga berilgan yengilliklar mahalliy pivo mahsulotlariga nisbatan ham qo‘lanilishi nazarda tutilgan.
Biroq, loyihada reklama sohasida faqat ko‘piklanadigan va tabiiy vinolargagina yengilliklar berish belgilangan bo‘lib, mahalliy pivo mahsulotlari keltirilmagan.
Vaholangki, pivo qolgan alkogol' mahsulotlariga nisbatan tarkibida etil spirti miqdori eng past bo‘lgan mahsulot hisoblanadi (ko‘pi bilan 8%). Hatto, tabiiy vino tarkibida ham etil spirti miqdori 8,5-15%, ya'ni pivodan yuqoriroqdir.
Shu bois hamda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, loyihada reklama sohasida ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarga berilgan yengilliklarni mahalliy pivo mahsulotlariga ham berilishini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.
17.09.2020
11:13