• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda. 

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 623 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.
    Misol uchun, Xorazm viloyati hokimiyati tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatining iqlim sharoitidan kelib chiqib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (ID-21174) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1.    Loyiha 2-bandiga ko‘ra:

    “O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xorazm viloyat hokimligi bilan birgalikda viloyatda zamonaviy issiqxonalar tashkil qilishdan tortib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirishgacha bo‘lgan barcha hujjatlashtirish va amaliy ishlariga ko‘maklashish yuzasidan “Xorazm issiqxonalar” uyushmasini (keyingi o‘rinlarda – uyushma deb yuritiladi) tashkil qilsin.
    Tashkil qilinadigan uyushma faoliyati yuzasidan “nizom” ishlab chiqib tasdiqlasin.
    Quyidagilar uyushmaning asosiy vazifalari qilib belgilansin:


    Bunda, loyiha bilan  “Xorazm issiqxonalar” uyushmasini ya'ni nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish, uning asosiy vazifalarini belgilab berish, shuningdek uyushma faoliyati yuzasidan “nizom” ishlab chiqib tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

    Ta'kidlash lozimki, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.

    Shuningdek, mazkur Qonunning 15-moddasiga muvofiq Nodavlat notijorat tashkiloti uning muassislari (a'zolari) qarori asosida qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi. 17-moddada esa nodavlat notijorat tashkilot vazifalari uning ustavida belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.  

    Bunda, nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish hamda uning asosiy vazifalarini belgilab berish uchun Hukumat qarori qabul qilishga ehtiyoj yo‘q.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, loyiha 2-bandini chiqarib tashlash lozim.

    2.    Loyiha 4-bandiga ko‘ra:

    “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:

    Xiva shahrida “Armada development and investment Khorezm” MChJ shaklidagi xorijiy korxonaga 100,0 mln. dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni kiritish sharti bilan (Turistik kompleks tashkil qilish uchun) Xiva shahri “Lolazor” mahallasi hududidagi jami 193,8 gektar yer maydonining 49 yil uzoq muddatli ijaraga berishga, shundan 57,1 gektar ekin yer (50 ball bonitetidan yuqori bo‘lgan) maydonlarida 5 yulduzli turistik kompleks qurilishlariga ruxsat berish;

    Ruxsat berilayotgan 57,1 gektar ekin yer maydon uchun Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 146-sonli qaroriga asosan ekin yer maydoni o‘rniga teng qiymatli yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun hisoblanadigan kompensasiya pulini istisno tariqasida undirilmasdan ajratish;

    Xiva shahrida “Misong” MChJ shaklidagi xorijiy korxonaga 100,0 mln. dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb kilgan holda Xiva shahri “Sangar” mahallasi hududidagi jami 22,6 gektar yer maydoni ajratilib, Xiva siti ko‘ngil ochar maskanlar va ko‘p qavatli uylar qurilishiga ruxsat berilishini va yer maydoni ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin”.

    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kompaniyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer berilishini belgilash, shuningdek ekin yer maydonini kompensasiya pulini undirmasdan ajratish shaklida yengillik berish ushbu sub'ektlarni boshqa tadbirkorlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadi.

    “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun 12-moddasiga muvofiq davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi taqiqlanadi.

    Shuningdek, ta'kidlash lozimki, tadbirkorlik sub'ektlariga yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish korrupsiya va suiiste'mollik holatlariga sharoit yaratib berishi aniq.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha 4-bandini chiqarib tashlash lozim.

    3.    Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti 30-bandi birinchi xatboshisiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtiriladi.

    Biroq, loyiha jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilmagan.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek loyiha yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida loyihani jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish lozim.

    24.09.2020

    12:32

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06