“Qay tarzda biznesni onlayn tizimga o‘tkazish va ichki biznes jarayonlarini optimallashtirish mumkin?” mavzusidagi vebinarga taklif etamiz.
Dunyo shiddat bilan o'zgarib bormoqda va COVID-19 bilan bog'liq vaziyat tasodif emas, aksincha yaqin kelajakning namunasi sifatida namoyon bo'lmoqda.
Odamlar va ishbilarmonlarni uyda o'tirishga majbur qilgan mazkur vaziyat, Internetda namoyish etilmaydigan biznes faoliyat turlari uchun katta xatarlarni yuzaga keltiradi. Butun dunyoda, xususan, O'zbekistonda ham o'z biznesini Internet orqali yo'lga qo'yishga muvaffaq bo'lgan restoran va do'konlar karantin cheklovlariga dosh bera olishdi.
Xo'sh, karantin cheklovlari ostida o'z biznesini optimallashtirish va nafaqat an'anaviy savdo-sotiqni, balki elektron tijoratning barcha afzalliklarini tushunish uchun kichik biznes vakillari nima qilishlari kerak?
Elektron tijoratni rivojlantirmoqchi bo'lganlar uchun Savdo-sanoat palatasi tomonidan Coca-Cola kompaniyasi va O'zbekiston restoratorlari gildiyasi bilan birgalikda joriy yilning 8-oktabr kuni vebinar tashkil etilmoqda.
Vebinar mavzusi: “Qay tarzda biznesni onlayn tizimga o’tkazish va ichki biznes jarayonlarini optimallashtirish mumkin?”
O’tkazilish vaqti: 8- oktabr 15:00
Tadbir dasturi haqida ma’lumotni elektron tarzda bu yerdan olishingiz mumkin.(Hujjat rus tilida)
Zoom konferentsiyasiga ulanish: https://us02web.zoom.us/j/82747578276?pwd=aDhFbGdCTDR0QjZHNWVPQ3c4T1RKdz09
29.09.2020
17:30