Minnatdorlik xati
Ma’lumki mamlakatimizda mart oyidan buyon pandemiya holati kuzatilib karantin talablari joriy etildi. Mazkur holat tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Shunday vaziyatda hukumatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilib tadbirkorlarni inqiroz holatidan qutqarish uchun barcha resurslar safarbar qilindi. Shu bilan birga Savdo-sanoat palatasi ham mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga ko‘mak berish, ularning faoliyat jarayonida yuzaga kelgan muammolarga yechim topishda yaqindan yordam berib kelmoqda. Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar esa tadbirkorlarimiz nazaridan chetda qolmayotgani albatta quvonarli holat. Xususan, Navoiy viloyatida faoliyat yuritiayotgan “AWAL TOUR” hamda “TOURIST AND SERVICE” xususiy korxonalari tomonidan Savdo-sanoat palatasi ish faoliyati yuqori baholanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga minnatdorchilik xati yo‘llangan. Shu munosabat bilan Savdo-sanoat palatasi ham mazkur korxonalarga o‘z minnatdorligini bildiradi.
29.09.2020
18:05