Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining yangi binosi va “Ko‘rgazma saroyi”ni ochilish marosimi
Аvval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi qoshida “Ko‘rgazma saroyi” ochilish arafasida edi.
Bugun, 1 oktyabr' kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining yangi binosi va “Ko‘rgazma saroyi”ni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi - A.Ikramov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi - Q.Sariev va boshka mexmonlar ishtirok etishdi.
Marosimni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi - Sariev Qahramon Ramatullaevich tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi - Ikramov Adxam Ilxamovich ham o‘z tabrik nutki bilan so‘zga chikdi. Tadbir davomidi rasmiy lenta kesish marosimi bulib utdi.
O‘z navbatida tashkil etilgan tadbirkorlik sub'ektlari mahsulotlarining ko‘rgazmasi bilan OAV vakillari hamda tadbir ishtirokchilari yakindan tanishtirildi.
Binoning 1-qavatida tadbirkorlik sub'ektlarining ishlab chiqargan mahsulotlari ko‘rgazmasi uchun ekspozisiya zali ishlangan bo‘lib 2-qavatida esa Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi va Xunarmandlar uyushmasini joylashtirish nazarda tutilgan.
Ushbu ko‘rgazma saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahar va tuman uchun alohida o‘rinlar ajratilib kelgusida uzluksiz turda tadbirkorlik sub'ektlarining mahsulotlari ko‘rgazmalarini rejalashtilishida katta imkon yaratildi.
01.10.2020
18:38