• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 648 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta sohasida adjaster, syurveyer va assistans xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori (ID-22120) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    Loyiha ilovasining 1-bandida adjaster, assistans va syurveyer tushunchalariga ta'rif keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra ushbu sub'ektlar yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lishi mumkinligi belgilangan.
    Biroq, loyiha ilovasining turli normalarida mazkur sub'ektlar turlicha nomlangan. Xususan, bir normada adjaster, assistans yoki syurveyer tashkiloti, yana bir normada adjaster, assistans va syurveyer xizmatlari boshqa normada esa, jismoniy va yuridik shaxslar deb keltirilgan. Bundan ko‘rinadiki, ularning aniq huquqiy maqomi yo‘q.

    Shuningdek, loyiha ilovasida jismoniy shaxslar tomonidan adjaster, assistans va syurveyer faoliyatini amalga oshirish tartibi aniq belgilanmagan, bunga oid masalalar ochiq qoldirilgan. Xususan, buning natijasida amaliyotda quyidagi muammolar va savollar kelib chiqishi mumkin:

    Adjaster, assistans va syurveyer jismoniy shaxs sifatida, ya'ni tadbirkorlik sub'ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkinmi? Loyiha ilovasida mazkur masala aniqlashtirilmagan. Qolaversa, ushbu faoliyat turlari o‘zini o‘zi band qilish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga ham kirmaydi.

    Bundan tashqari, adjaster, assistans va syurveyer faoliyat turlari tijorat faoliyati bo‘lib, daromad olishni nazarda tutadi. Demak, ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerakmi? Ammo, YaTT shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida ham ushbu sohalar kiritilmagan. Qolaversa, agar ular YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, shu ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi faoliyatni boshlash uchun yetarlimi?

    Adjaster, assistans va syurveyer faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs deganda, mustaqil tarzda faoliyat yuritadigan jismoniy shaxs nazarda tutiladimi yoki ular adjaster, assistans va syurveyer tashkilotlari shtatlarida faoliyat yuritishlari shartmi? Masalan, rieltor rieltorlik tashkiloti shtatida ishlaydigan jismoniy shaxs.

    Loyiha ilovasi 9-bandidan ko‘rinadiki, assistans xizmatlari murakkab faoliyat turlari bo‘lib, jismoniy shaxs assistans xizmatlarini ko‘rsata oladimi? Loyiha ilovasida bu ham aniqlashtirilmagan.

    Loyiha ilovasida adjaster, assistans va syurveyer faoliyatlarini yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish tartibi va shartlari nazarda tutilgan bo‘lib, jismoniy shaxslar uchun mazkur masalalar ochiq qoldirilgan. Shuningdek, loyiha ilovasida ko‘plab masalalar aniqlashtirilmagan.

    Loyiha ilovasining 32-bandiga ko‘ra, “Adjester, syurveyer va assistanslar faoliyati tashkil etilgan vaqtdan boshlab 10 kun ichida Agentlikka yozma ravishda xabar berishi lozim”, - deb belgilangan.
    Ushbu norma mazmuniga ko‘ra, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish vakolatli organni (bu yerda Agentlik) xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

    Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi “Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-sonli Farmonida bu nazarda tutilmagan.

    Yuqoridagi norma esa, mazkur Farmon talablariga zid ko‘rinadi.

    Loyiha ilovasining 33-bandiga ko‘ra, “Adjester, syurveyer va assistanslar tomonidan quyidagi hujjatlar Agentlikka har chorakda chorak o‘tgandan keyingi oyning 5 sanasigacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi hisobotni taqdim etadi”, - deb belgilangan.
    Biroq, ushbu normada nazarda tutilgan “quyidagi hujjatlar” loyiha ilovasida keltirib o‘tilmagan.

    Bundan tashqari, adjester, syurveyer va assistanslar tomonidan o‘z faoliyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Agentlikka hisobot taqdim etilishi, amaliyotda Agentlikning ushbu sub'ektlar faoliyatiga aralashish ehtimolini keltirib chiqaradi.

    “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 34-moddasiga ko‘ra, “Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas”.

    Shu bois, loyiha ilovasida yuqoridagi kabi normalarni nazarda tutish maqsadga muvofiq emas.

    Loyiha ilovasining 35-bandiga ko‘ra, “Adjester, syurveyer va assistanslar o‘z faoliyati doirasida zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun ta'sir choralari Agentlik tomonidan amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.
    Loyiha ilovasining 37-bandiga ko‘ra esa, “Ta'sir choralari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

    a) ogohlantirish yuborish (buzilish faktini e'lon qilinishi bilan);

    b) Agentlik tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatga ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklarni qayd etish”.

    Biroq, bunda ushbu ta'sir choralarining huquqiy oqibatlari qanday bo‘lishi aniqlashtirilmagan. Bu esa, amaliyotda mazkur normalarni turlicha talqin qilinishi oqibatida salbiy oqibatlarni, korrupsiya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihani qayta ko‘rib chiqish, unda ochiq qoldirilgan masalalarni loyiha ilovasida aniq belgilash lozim.
    SSP Axborot-xizmati 

    05.10.2020

    16:33

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06