Bank-moliya akademiyasi ochiq tanlov e'lon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Keys-chempionat”i shaklida magistraturaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov e'lon qiladi.
Akademiyada bu yildan o‘qishni boshlagan magistrlar uchun qo‘yidagi afzalliklar mavjud:
- o‘quv jarayoni ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi;
- o‘qish muddati 12 oyni tashkil etadi;
- davlat tashkilotlari xodimlari davlat granti xisobidan o‘qitiladilar.
Aytib o‘tish joizki, Akademiya nafaqat bank va moliya soxasi mutaxassislarini tayyorlaydi, balki keng iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lajak rahbarlarni tayyorlashda, yuqori darajali kadrlar zaxirasini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish 2020 yil 10 oktyabrgacha - http://qabul.bfa.uz Akademiya saxifasida tashkil qilingan va barcha tashkiliy xujjatlar ko‘rsatilgan.
06.10.2020
09:22