O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari bilan o‘zaro hamkorligi
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida prokuratura organlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Ta'kidlash lozimki, prokuratura organlarining eng muhim vazifalaridan biri - tadbirkorlik sub'ektlarining, shu jumladan , xorijiy investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, biznesda qonuniylikni mustahkamlash va qonunbuzarliklar hamda korrupsiya holatlarning oldini olish, mamlakatmizda iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib borish hisoblanadi.
Shu kabi, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi qonun bilan Palataga ham tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish borasida bir qator vazifalar yuklatilgan va tegishli vakolatlar berilgan.
Xususan qonunga ko‘ra Palata:
- tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining tahlilini o‘tkazadi;
- tadbirkorlik faoliyati tekshiruvlardan o‘tkazilayotganda tadbirkorlarni huquqiy, shu jumladan yuridik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga nisbatan da'vo arizalari bergan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qiladi;
- huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi organlar, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan birgalikda tadbirkorlarning huquqbuzarliklari profilaktikasida ishtirok etadi, ularning oldini olish choralarini ko‘radi;
- davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar vakillari tarkibida ekspert kengashlarini tuzish orqali tadbirkorlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini tashkil qiladi.
Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi – davlatimiz iqtisodiyotiga olib kirilayotgan investisiyalari va xususiy mulkni himoya qilish, mamlakatimiz jahon biznes xamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashini ta'minlash uchun tadbirkorlar o‘rtasida qonunbuzarliklar, birinchi navbatda, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish (barxam berish) va davlat organlarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashishini oldini olishda prokuratura va Palataning imkoniyat hamda vakolatlaridan samarali foydalanishdir.
Ushbu vazifalarni samarali bajarish maqsadida prokuratrua organlari bilan tizimli hamkorlik o‘rnatilgan.
Mazkur hamkorlik quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
1.Tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish.
2. Sud qarorlari qonuniyligini o‘rganish.
3. Biznes sohasida korrupsiyasiga qarshi kurashish va boshqa qonun buzilishlarning har qanday qo‘rinishlarining oldini olish hamda huquqbuzarliklari profilaktikasini amalga oshirish.
4. Biznesning huquqiy himoyasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish, zamonaviy innovasion ta'lim tizimlarini joriy etish.
Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan Palataga davlat organlari, mahalliy hokimiyat va nazorat qiluvchi organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari hamda sud qarorlarining qonuniyligi ustidan arizalar kelib tushadi.
Birgina joriy yilning o‘zida bu toifadagi 69 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning aksariyati tekshirish va chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborilmoqda. Ta'kidlash lozimki, Palatadan yuborilgan murojaatlarga prokurorlar tomonidan jiddiy e'tibor qaratilib, tadbirkorlarning buzilgan huquqlari va qonuniylikni tiklashda katta yordam berib kelinmoqda.
Shu o‘rinda bitta misol keltirsak. Joriy yilning 23 sentyabr' kuni Palata rahbariyati qabulida bo‘lgan Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan «AWAL TOUR» MChJ rahbari B.To‘xtaev turizm faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelgan avtobuslar noqonuniy ushlab turilganligini bayon qildi.
Palataning murojaatiga ko‘ra, Navoiy viloyat prokurori Sh.Amirov tadbirkorni shaxsan qabul qilib, qisqa muddatda uning qonuniy manfaatlarini himoya qildi va faoliyatini qayta tiklashga o‘z xissasini qo‘shdi.
Hamkorlikning bunday ijobiy misollarini ko‘plab keltirish mumkin.
Hamkorlikning keyingi yo‘nalishi - biznes vakillari o‘rtasida har qanday qonunbuzilishlarning oldini olish borasidagi profilaktika ishlaridir.
Har yili respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik sub'ektlari uchun ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Bosh prokuratura, DSQ, DBQ hamda Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda ochik seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan o‘tgan yili barcha viloyatlarda 1500 tadan ziyod tadbirkorlar o‘rtasida seminarlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Savdo-sanoat palatasi, Bosh prokuratura va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) xamkorligida 2019 yil 16-17 dekabr' kuni "O‘zbekiston xususiy sektorida korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish" loyihasi doirasida "Biznesda halollik, xalqaro standartlar, mintaqaviy muammolar va kelgusidagi qadamlar" mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ta'minlash hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida joriy yil iyul' oyida hamkorlik bitimi imzolandi.
Mazkur hamkorlik bitimi bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va vazifalar belgilab olindi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, prokuratura organlari tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoyasiga befarq qaramasdan, tadbirkorlarning muammolarini qonuniy va ijobiy hal etilishida Palataga yordam berib, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda o‘zlarining munosibhissalarini qo‘shib kelishmoqda.
07.10.2020
17:32