Meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari e'tiboriga!
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini eksportga chiqarilishini ta'minlash, ularni sotish uchun yangi jahon bozorlarni izlash va o‘zlashtirish, yurtimizda yetishtirilgan mazkur mahsulotlarga bo‘lgan talab va takliflarni o‘rgangan holda to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishdan manfaatdor bo‘lgan Malayziya korxonlari ro‘yxatini ilova qilmoqda.
Mahalliy tadbirkorlik subyektlariga respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini Malayziya bozoriga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini ko‘rib chiqish taklif etiladi.
Shu bilan birga Palataning Eksportga qo‘maklashish boshqarmasi ma'sul xodimlari Malayziya korxonalari bilan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishda zarur maslahatlarni berishga tayyordirlar.
Qo‘shimcha murojaat uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodimi Sardor A'zamovga +99878 150-60-06 telefon raqami va s.azamov@chamber.uz elektron manzili orqali bog‘lanish mumkin.
Ro‘yxat bilan bu yerdan tanishib chiqishingiz mumkin.
12.10.2020
15:28