• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususidaJamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 672 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (ID-22700) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1.Loyihaning 3-moddasi 5-xatboshisiga ko‘ra:

    “Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

    ......

    kuzatib borish – oziq ovqat mahsulotining ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizasiya qilishning barcha bosqichlarida oziq-ovqat, yem yoki oziq-ovqat va yemda ishlatiladigan hamda ishlatilishi kutiladigan moddaning, oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqada bo‘lgan materiallarni tarixi, qo‘llanishi yoki joylashgan joyini yetkazib beruvchini (bir qadam orqaga) va xaridorni (bir kadam oldinga) kuzatish orqali aniqlash imkoniyati;

    ......

    Shuningdek, mazkur loyihaning 19-moddasi 1-birinchi qismiga ko‘ra, “Oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari ularga oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar uchun yem, hayvonlar, xom ashyo yoki oziq-ovqat va hayvonlar uchun yem tarkibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa moddalarni yetkazib beruvchi hamda o‘zlaridan mahsulotlarni sotib oluvchi va iste'molchilarni mahsulot yetkazib berilgan yoki sotib olingan sanasi ko‘rsatilgan holda kuzatib borishlari kerak. Tadbirkorlik sub'ektlari ushbu ma'lumotlarni mahsulotning saqlash muddati tugagunga qadar saqlashlari shart. Ma'lumot tushunarli, aniq bo‘lishi va yetkazib beruvchining hamda sotib oluvchining nomi va manzili, yetkazilgan tovarlarning to‘ri va miqdori, yetkazib berish sanasi to‘g‘risida batafsil axborotni o‘z ichiga olishi zarur”.

    Bunda, oziq-ovqat mahsulotining ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizasiya qilishning barcha bosqichlarida oziq-ovqat, yem yoki oziq-ovqat va yemda ishlatiladigan hamda ishlatilishi kutiladigan moddaning, oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqada bo‘lgan materiallarni tarixi, qo‘llanishi yoki joylashgan joyini yetkazib beruvchini va xaridorni kuzatishni olib borish taklif etilmoqda.

    Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, amaldagi oziq-ovqat mahsulotlariga oid texnik reglamentlar, standartlashtirish, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga doir normativ hujjatlarga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi, ”O‘zstandart” agentligi, “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi kabi tashkilotlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilvosita yoki bevosita oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizasiya qilish bosqichlarini nazorat qilish va tekshiruv o‘tkazish orqali kuzatib borish jarayoni amalga oshiriladi.

    Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va havfsizligini tartibga soluvchi vakolatli organlarning oziq-ovqat mahsulotining ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizasiya qilishni “kuzatib borish” vazifalarini tadbirkorlik sub'ektlariga qo‘shimcha ravishda majburiyat yuklash ortiqcha hisoblanib, tadbirkorlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining murakkablashishiga va qimmatlashishiga hamda amaliyotda ulardan turli asossiz harkakatlarni talab qilinishi olib keladi.

    Vaholanki, oziq-ovqat mahsulotining ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizasiya qilishning barcha bosqichlarini kuzatib borish jarayonini davlat vakolatli organlari orasida o‘zaro elektron axborot almashish tizimini yaratish orqali amalga oshirish mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olib hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, loyihadan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotining ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizasiya qilishning barcha bosqichlarini kuzatib borishi lozimligini nazarda tutuvchi normalarni chiqarib tashlash lozim.

    2. Loyihaning 3-moddasiga ko‘ra:

    “Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

    ......

    risk – oziq–ovqat mahsulotida mavjud bo‘lgan potensial xavfni odamlar hayoti va salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatish ehtimoli;
    ......

    xavf – oziq-ovqat mahsuloti yoki uning tarkibidagi odamlar hayoti va salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan biologik, kimyoviy, fizikaviy va boshqa omillar;
    ......

    Shuni ta'kidlash lozimki, “risk” va “xavf” tushunchalariga mazmunan bir xil mazmunga ega ta'rif berilgan.

    Shu bois, loyihada “risk” va “xavf” tushunchalarini birlashtirish hamda “risk” so‘zini “xavf” so‘zi bilan almashtirish maqsadga muvofiq.

    3. Loyiha 6-moddasi birinchi qismi oltinchi xatboshisiga ko‘ra:

    “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:

    ......

    faoliyati umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizasiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazadi hamda oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun buzilishlar aniqlangan holda ma'muriy javobgarlik va boshqa ta'sir choralarini qo‘llaydi;

    ......

    Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, Ma'muriy javobgarlik kodeksiga muvofiq Davlat sanitariya organlari oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatiga ega emas.

    Bu kabi ishlar ma'muriy sudlar va boshqa vakolatli organlar vakolatiga talluqli.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha 6-moddasi birinchi qismi oltinchi xatboshisini chiqarib tashlash lozim.

    4. Loyiha 13-moddasi birinchi qismiga ko‘ra:

    “Oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari vakolatli davlat nazorati organi tomonidan reestrga kiritilishi kerak. Bunda tadbirkorlik sub'ektlarida oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini ta'minlangan holda faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar mavjudligi o‘rganiladi va uning faoliyati oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi normativ-texnik xujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda reestrga kiritiladi. Faoliyati davomida sanitariya qoida va normalarini qo‘pol buzilganligi aniqlan hollarda, tadbirkorlik sub'ekti reestrga kiritilishini bekor qilish yoki vaqtincha to‘xtatish mumkin”.

    Bunda, yuqoridagi norma bilan oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari uchun yangi ruxsat berish tartib-taomilini joriy etish taklif etilmoqda.

    Biroq, bunday tartib ortiqcha. Chunki, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizasiya qilish jarayonlari uchun amaldagi qonunchilik bilan tegishli talablar joriy etilgan bo‘lib, ushbu talablarni buzganlik uchun tegishli javobgarlik choralari belgilangan.

    Shuningdek, vakolatli davlat nazorati organlari idoralararo elektron axborot almashish orqali butun ishlab chiqarish zanjiri ustidan nazoratni amalga oshirishi mumkin.

    Bundan tashqari, shuni ta'kidlash lozimki, har qanday ortiqcha hamda murakkab tartib va talablar, shu jumladan ruxsat berish tartib-taomillari amalda yashirin iqtisodiyotning o‘sishiga sabab bo‘ladi.

    Shu bilan birga, taklif etilayotgan tartib amalda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ortiqcha lisenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga zid kelmoqda.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, loyihadan oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlarini reestrga kiritilishi lozimligini nazarda tutuvchi normalarni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq.

    5. Loyiha 14-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra:

    “Tekshirishlar quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:

    davlat reestriga kiritish uchun;

    nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan grafik asosida vakolatli organni xabardor etish tartibida;

    nazorat qiluvchi organlar tomonidan oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkazilgan «xavfni tahlil etish» natijalari, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan olingan ma'lumotlar asosida vakolatli organ bilan kelishilgan tartibda;

    ovqatdan zaxarlanish holati bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlar;

    jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari haqidagi murojaatlari asosida;

    qonun xujjatlarda belgilangan boshqa hollarda”.

    Tak'idlash lozimki, grafik asosida tekshirish mazmunan rejali tekshirishni nazarda tutadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-sonli Farmonining 4-bandi bilan tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar bekor qilingan.

    Shuningdek, yuqoridagi Farmon 1-ilovasi 1-bandiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar vakolatli organ bilan kelishilgan tartibda amalga oshiriladi.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, loyiha 14-moddasi ikkinchi qismini qayta ko‘rib chiqish lozim.

    6. Loyiha 17-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, “Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini va maqsadga muvofiq ishlatilishini ta'minlagan holda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqariladi”.

    Biroq, loyihada “maqsadga muvofiq ishlatish” tushunchasiga ta'rif berilmagan.

    Bu esa, o‘z navbatida, noaniqliklarga hamda ushbu tushunchani turlicha talqin qilish holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihada “maqsadga muvofiq ishlatish” tushunchasiga ta'rif berish yoki ushbu tushunchani loyihadan chiqarib tashlash lozim.

    7. Loyiha 18-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra:

    “Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar, ozuqa biologik faol qo‘shimchalari, oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega bo‘lishi, ularda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

    ....

    yaroqlilik muddati, istemol muddati;

    ....

    Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, “yaroqlilik muddati” va “istemol muddati” tushunchalari mazmunan bir xil ma'noni anglatadi.

    Shu sababli, loyihadan yuqoridagi tushunchalardan birini chiqarib tashlash maqsadga muvofiq.

    8. Loyiha 19-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, “Oziq-ovqat mahsuloti, xom ashyosi, shuningdek oziq-ovqat va hayvonlar uchun yem tarkibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa moddalar realizasiya qilinganda tegishli yorliq va ilova kilingan xujjatlarga ega bo‘lishi kerak”.

    Shuni ta'kidlash lozimki, “ilova kilingan xujjatlarga” tushunchasi noaniq ifodalangan. Uni keng ma'noda talqin qilish mumkin.

    Xususan, “ilova kilingan xujjatlarga” deganda aynan qaysi hujjatlar ekanligi, ularni berish tartibi aniqlashtirilmagan.

    Bu esa, o‘z navbatida, noaniqliklarga hamda ushbu tushunchani turlicha talqin qilish holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.

    Shu sababli, loyihada yuqoridagi mahsulotlar realizasiya qilinganda, ular ega bo‘lishi zarur hujjatlarni aniq ko‘rsatib o‘tish lozim.

    9. Loyiha 25-moddasi birinchi qismi o‘n birinchi xatboshisiga ko‘ra:

    “Tadbirkorlik sub'ektlari:

    ....

    yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga uning toksikologiya-gigiena ekspertizasidan, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosi esa davlat veterinariya xizmati tomonidan o‘tkaziladigan veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasidan keyin va (yoki) mahsulot belgilangan qoidalar va normalarga mosligi haqida xulosasi olinganidan hamda oziq-ovqat mahsuloti davlat reestriga kiritilgandan keyin yo‘l qo‘yishi;

    ....

    Biroq, loyihada mahsulot belgilangan qoidalar va normalarga mosligi haqidagi xulosa qaysi organ tomonidan va qanday tartibda berilishi aniqlashtirilmagan.

    Bu esa, o‘z navbatida, noaniqliklarga hamda tadbirkorlik sub'ektlaridan ortiqcha hujjatlar talab qilinishi holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, loyiha 25-moddasi birinchi qismi o‘n birinchi xatboshisidan “va (yoki) mahsulot belgilangan qoidalar va normalarga mosligi haqida xulosasi olinganidan” so‘zlarini chiqarib tashlab quyidagi tahrirda bayon etish taklif etiladi:

    “yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga uning toksikologiya-gigiena ekspertizasining, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosi esa,davlat veterinariya xizmati tomonidan o‘tkaziladigan veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi olinganidan keyin yo‘l qo‘yiladi”.

    Bundan tashqari, shuni ta'kidlash lozimki, eng avvalo, loyihada yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish uchun toksikologiya-gigiena, veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosalarini talab etilishi tadbirkorlar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratilishiga qaratilishi lozim.

    Shu bois, tadbirkorlik sub'ektlari toksikologiya-gigiena, veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosalarining natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, tadbirkorlarga sudga murojat qilish huquqini berish maqsadga muvofiqdi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib loyiha 25-moddasi birinchi qismini quyidagimazmundagi band bilan to‘ldirish lozim:

    “Tadbirkorlik sub'ektlari toksikologiya-gigiena, veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosalarining natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda,sudga shikoyat qilish huquqi ega”.

    10. Loyiha 25-moddasi birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisiga ko‘ra:

    “Tadbirkorlik sub'ektlari:

    ....

    oziq-ovqat mahsulotini xavfsizligiga tahdid soluvchi avariya vaziyatlari, texnologik jarayonlarning buzilishlari to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ishonchli axborot taqdim etishi shart”.

    Tadbirkorlik sub'ektlariga ortiqcha majburiyatlar yuklanishini oldini olish maqsadida, loyiha 25-moddasi birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisini quyidagi tahrirda bayon qilish maqsadga muvofiq:

    “oziq-ovqat mahsulotini xavfsizligiga tahdid soluvchi avariya vaziyatlari, texnologik jarayonlarning buzilishlari to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ularning so‘rovlariga asosan ishonchli axborot taqdim etishi shart”.

    11. Loyiha 36-moddasiga ko‘ra, “Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi”.

    Shuni e'tiborga olish lozimki, ushbu Qonun loyihasi oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari uchun yangi tartib-taomillar, talab va majburiyatlarni belgilashni nazarda tutmoqda.

    Bunda, tadbirkorlik sub'ektlariga ularning o‘z faoliyatini ushbu Qonun loyihasi normalariga muvofiqlashtirishi uchun ma'lum vaqt berish lozim.

    Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 181-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonun hujjatlari rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha 36-moddasi quyidagi tahrirda bayon qilish maqsadga muvofiq:

    “Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi”.

    SSP Matbuot xizmati

    14.10.2020

    11:24

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06