Farg‘onada "Texnopark" loyihasi tomonidan SHIVAKI FRIGO COOL monoblokli sovutish tizimlari hamda split muzlatgich tizimlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
"Texnopark" - sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha hisoblanib, uning asosiy sheriklari SAMSUNG, FRIGO BLOCK, YAWEI, FRASCOLD, DIXELL, DANTEX va boshqa kompaniyalardir.
"Tadbirkorlar uyi" binosida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati boshqarma boshlig‘i O.Atabaev, viloyat hokimligi vakillari, meva-sabzavot eksporti, parranda va qoramollarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi viloyatining 70 dan ortiq fermer va tadbirkorlari ishtirok etishdi. Taqdimot davomida ushbu tizimning asosiy afzalliklari muhokama qilindi va Jahon banki vakillari tomonidan fermerlar va tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
20.10.2020
10:07