Bilasizmi?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi №138-son “Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga muvofiq:
Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasining qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantasiyalarini tashkil etadigan, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan a'zolari
2024 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga:
- yer solig‘i,
- daromad solig‘i,
- yuridik shaxslar mulk solig‘i,
- yagona soliq to‘lovi,
- yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilingan;
- qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantasiyalarini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish jarayonini samarali boshqarish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishga ruxsat berilgan;
- o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib kelinadigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, xom ashyolar, materiallar, shu jumladan qurilish materiallari, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari uchun bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymati solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilingan.
05.11.2020
09:27